Sessiya ishini O'zLiDeP partiyasi deputatlik guruhi rahbari Sh.Yo'ldoshev olib bordi. Sessiya ishida 10 ga yaqin masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
-Viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbari E.Mamasoliyevning hisoboti;
- Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025-yilda maqbullashtirish natijasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
-viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
-Hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun yagona tariflarni belgilash to‘g‘risida;
-O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
-jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
-jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.