2025-yil 8-sentyabr kuni O'zbekiston "Adolat" SDP Yangiyer shahar Kengashi raisi A.Rasulov va Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamda Davlatobod MFY profilaktik noziri hamkorligida partiyaning "Yoshlar salomatligi-partiya eʼtiborida" loyihasi doirasida Davlatobod MFY hududidagi 3-sonli va 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablari atrofida joylashgan do'konlar va fasfud tayyorlanadigan shaxobchalarda jamoatchilik nazorati tartibida yoshlar salomatligiga zararli boʻlgan "fasfud" mahsulotlari hamda "energetik ichimliklarni" sotilishiga cheklovlar oʻrnatish yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, sotuvchilarga tushuntirishlar olib borildi.