Yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n to'rtinchi sessiyasi 20-iyun kuni o‘tkaziladi

Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 17-iyunda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n to'rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

-Viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbari E.Mamasoliyevning hisoboti;

- Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025-yilda maqbullashtirish natijasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;

-viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

-Hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga qabul qilish va saqlash xizmatlari uchun yagona tariflarni belgilash to‘g‘risida;

-O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

-jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

-jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.