O‘zbekiston va Ozarbayjon: Strategik sheriklikning yangi bosqichi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilib, tobora chuqurlashib bormoqda. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyev o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli muloqot ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.
2024–2025-yillarda ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari, imzolangan muhim bitimlar va amaliy loyihalar O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalarining qamrovini kengaytirib, hamkorlikda yangi ufqlarni ochmoqda. Energetika, transport-logistika, savdo-iqtisod, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bu munosabatlarning faqat diplomatik emas, balki real natijalarga asoslangan amaliy sheriklik ekanini ko‘rsatmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Mashrab Ganiyev
https://t.me/TV_Kengash