Yangiliklar

Islohotlar izchilligi va ochiq iqtisodiyot — yangi davr poydevori

DEPUTAT MUNOSABATI

Islohotlar izchilligi va ochiq iqtisodiyot — yangi davr poydevori

2025 yil 10–11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investisiya forumi hamda Xorijiy investorlar kengashi majlisi mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar va ochiq, raqobatbardosh iqtisodiyot qurishga qaratilgan tashabbuslarning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqlarida qayd etilgan quyidagi masalalar deputat sifatida menda katta taassurot qoldirdi:

🔹 Yangi investisiya siyosatining yuritilishi, xususiy sektorning huquqiy himoyasi va barqaror faoliyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi — bu mamlakatimizda biznes muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

🔹 YAIM o‘sish sur’ati 6% atrofida bo‘lishi, inflyasiya darajasining pasayishi, eksport hajmining ortishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarning ko‘payishi — iqtisodiy siyosat samaradorligini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardir.

🔹 Prezident tomonidan energetika, transport, bank-moliya, qishloq xo‘jaligi va raqamli iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning davom ettirilishiga alohida urg‘u berildi. Bu sohalardagi o‘zgarishlar kelgusida yurtimizning strategik rivojlanishiga xizmat qiladi.

🔹 Xorijiy investorlar uchun barqaror huquqiy va moliyaviy kafolatlar yaratilishi, shuningdek, "yashil energiya" va yuqori texnologiyalarga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yurtimizni investisiya uchun jozibali makon sifatida namoyon etadi.

Shu nuqtai nazardan, deputat sifatida men bu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va ularning qonunchilik darajasida mustahkamlanishi, joylarda amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha faol ishtirok etishga tayyorman. Bunday islohotlar nafaqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi, balki fuqarolarimiz farovonligi va tadbirkorlik faoliyatining erkin va samarali bo‘lishiga zamin yaratadi.

Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati Yusupov Nurulla Eshmamatovich