Yangiliklar

О‘zbekiston-Slovakiya hamkorligi: Yangi bosqichga kо‘tarilayotgan strategik munosabatlar

2025-yil 9-iyun kuni Kо‘ksaroy qarorgohida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso о‘rtasida о‘tkazilgan muzokaralar mamlakatimiz tashqi siyosatining yana bir muvaffaqiyatli qadami bо‘ldi. Tuman Kengashi deputati sifatida ushbu tarixiy uchrashuvga о‘zimning ijobiy munosabatimni bildirishni о‘zimning fuqarolik burchim deb hisoblayman.
Ushbu uchrashuv nafaqat ikki mamlakat о‘rtasidagi kо‘p qirrali munosabatlarning yangi bosqichga kо‘tarilganini anglatadi, balki hamkorlikni aniq, amaliy loyihalar asosida yо‘lga qо‘yishdagi jiddiy qadamlar samarasidir. Xususan, tovar ayirboshlash hajmining oshishi, mahsulot turlarining kengayishi, yangi kooperatsiya yо‘nalishlari — bularning barchasi xalqlarimizning farovonligi uchun xizmat qiluvchi muhim omillardir.
О‘zbekistondan tо‘qimachilik, qishloq xо‘jaligi, elektrotexnika va kimyo mahsulotlarini, Slovakiyadan esa farmatsevtika, kauchuk, avtomobil qismlari va boshqa sanoat tovarlarini о‘zaro yetkazib berish yuzasidan bildirilgan rejalar mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz uchun katta bozorlar eshigini ochishi mumkin.
Bu esa, о‘z navbatida, tumanimizdagi tadbirkorlik subyektlari va fermer xо‘jaliklari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Shu bilan birga, texnik tartibga solish va metrologiya sohasida imzolanadigan bitimlar tо‘g‘risidagi kelishuvlar, zamonaviy laboratoriyalarni ishga tushirish rejasi mamlakatimiz sanoatida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritishga katta turtki bо‘ladi.  

Slide 1 of 3