Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan farmon asosida byudjet tashkilotlari xodimlari, pensionerlar, talabalar va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning daromadlari 10 foizga oshirilgani — aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil siyosatning yana bir amaliy dalilidir.
Bu qaror — faqat iqtisodiy chora-tadbir emas, balki davlatning o‘z xalqiga bo‘lgan g‘amxo‘rligini ifodalaydi. Xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan minglab insonlar, nafaqadagi yurtdoshlarimiz ushbu o‘zgarish orqali davlat e’tiborini bevosita his etmoqda.
Biz xalq vakillari sifatida har bir qarorning odamlar hayotiga ijobiy ta’sirini ta’minlashda faol bo‘lishimiz lozim. Bugungi islohotlar — xalq manfaatiga xizmat qiladigan ishonchli asosga aylanishi zarur. Davlatning har bir tashabbusida inson qadri ulug‘lanmoqda, buni qo‘llab-quvvatlash — hammamizning burchimizdir.
Donoxon Maxmudova
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati