Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat D.Ochilova tomonidan 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🎓Uchrashuv davomida maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga qamrovini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda kelgusida ta’lim va bandlik masalalarida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning oliy ta’limga intilishini oshirish hamda kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.