Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 G‘o‘rin-Gilambob mahallasida deputatlik nazorati o‘rnatildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “G‘o‘rin-Gilambob” mahallasi hududida joylashgan 16-son maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat davomida muassasaning bugungi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy jarayonlar atroflicha o‘rganildi.

🏫 Shuningdek, muassasada mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📌 Deputatlik nazorati doirasida kelgusida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash hamda aholining ehtiyojlariga tezkor javob berishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4