Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I. Allayarov tomonidan umumta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🎓Muloqot davomida yoshlarning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan sohalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv savol-javob tarzida davom etib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr bildirdilar. Deputat tomonidan ularga kelajak kasbini tanlashda aniq tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning kelajak rejalari va maqsadlarini aniqlashtirish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.