Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiyalarning qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi

📂 Bugun Zarbdor tumanida Kengashning doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hayotiga daxldor muhim masalalar ko‘rib chiqildi:

✅ Budjet ijrosi: 1-chorak yakunlari va qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish;

✅ Ijtimoiy loyihalar: "Yoshlar daftari" jamg‘armasidan sport musobaqalari uchun mablag‘ ajratish;

✅ Prezident qarorlari: PQ-468 va PQ-402 sonli qarorlarning tumandagi ijrosi;

✅ Nazorat: Deputat so‘rovlariga idora va tashkilotlar tomonidan javob berish holati.

📌 Yig‘ilish yakunida barcha masalalar bo‘yicha qaror loyihalari tayyorlanib, sessiya muhokamasiga kiritildi.

Slide 1 of 10