Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ichimlik suvi muammosi yuzasidan deputat o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat D.Ochilova tomonidan Oybek mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hududida ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi.

💧O‘rganish jarayonida Shifokorlar ko‘chasida joylashgan 24-uydagi 9, 10, 11 va 12-xonadonlarda ichimlik suvi yetib bormayotgani aniqlandi. Mazkur muammo fuqarolar ishtirokida joyida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3