📌 DEPUTATLIK NAZORATI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida muhim o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur deputatlik nazorati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-martdagi PQ-141-sonli qarori — “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida ‘Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish’ (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat ijrosi doirasida tashkil etildi.
🔍 Nazorat davomida “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi asosida moliyalashtirilayotgan 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
💰 Loyiha doirasida mazkur ta’lim muassasasiga 3 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan:
maktab binosini mukammal ta’mirlash,
50 o‘rinli zamonaviy oshxona qurish,
sport zalini barpo etish ishlari rejalashtirilgan.
🏗 Hozirda qurilish ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda. Deputat tomonidan ishlarning sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi alohida nazoratga olindi.
✅ O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni jadallashtirish hamda sifatini oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar bildirildi.