Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Tilakov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov tomonidan Balanchaqir mahallasida fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha ko‘rib chiqilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Natijada fuqaroning murojaati amaliy yechim topib, aholi manfaatlari yo‘lida yana bir muhim masala bartaraf etildi.

Bu kabi manzilli ishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va ularning ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3