📌
DEPUTATLIK NAZORATI
👤 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ustidan deputatlik nazoratini olib bordi.
🛣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 4P23J “M39 avtomobil yo‘lidan Sherobod shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 0–6 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini o‘rgandi.
🔍 O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha asosida amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
⚠️ Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.
✅ Mazkur nazorat ishlari hududda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.