Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori ijrosi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori ijrosi deputatlar nazoratida 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibyait mudiri K.Muhammadiev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengashning mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B.Mo‘minov bilan tumanda "Taraqqiyot va yetakchilik maskani” Dasturi doirasidagi loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan "Yetimqum" mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kolleltorni yopiqqa o‘tkazish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va hizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Loyiha bilan tanishish jarayonida aholi tomonidan ochiq kollektorning yopiqqa o‘tkazilishida sizot suvlarning ketishida yuzaga keladigan muammo bo‘yicha savollariga oid qismi ham ko‘rib chiqilib, kollektorning ko‘milgan qismiga maxsus yotqizilgan quvur orqali sizot suvlar chiqarilayotganligi ham ko‘rilib, loyiha asosida qilinayotgan tizim ishlayotganligi aniqlandi. 

Loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlarning doimiy jamoatchilik nazoratida.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4