Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT SAYLOVCHILAR HOLIDAN XABAR OLDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan tumandagi “Oltinvoha” hamda “Sherobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan keksa yoshdagi mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Uchrashuv davomida deputat aholi bilan muloqot qilib, ularning turmush sharoiti, sog‘lig‘i va ehtiyojlari yuzasidan ma’lumot oldi. Shuningdek, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va imtiyozlar, mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirish berildi.

Uchrashuv yakunida keksa yoshdagi fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar tinglanib, kelgusida ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3