Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

DEPUTAT VA XOTIN-QIZLAR UCHRASHUVI

 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugidan saylangan deputati L. Xakimova tomonidan Sherobod tumani 31-sonli umumta’lim maktabida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot olib borib, jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Erta turmush — erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari”, “Reproduktiv salomatlikni asrash”, “Qaynona va kelin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik” kabi mavzularda atroflicha tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berdi. 

Shuningdek, tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom oila muhitini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.  

Slide 1 of 3