Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🇺🇿 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli Vatan himoyachilari, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mard va olijanob xalqimiz o‘z muqaddas qasamyodiga sodiq bo‘lib, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan zabardast, bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan hamisha faxrlanadi.

Bayram munosabati bilan xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi jamoasi Siz azizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor chin qalbdan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat hamda sharafli va mas’uliyatli xizmat faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaydi.

Slide 1 of 1