Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Mahalla faoliyatining ishlash samaradorligi o‘rganilishi davom etmoqda

♻️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev Birlik mahallasida bo‘lib, mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ayollar bilan ishlash tizimi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar holatini o‘rgandi.

📝Jarayonda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Mahalla faollari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

✅Deputat Abduvohid Turdiboyev tomonidan bildirilgan fikrlar asosida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4