Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.
Xalq deputatlari Qibray tumani kengashi deputati, “Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raisi Doniyor Yusupov sana munosabati bilan “Sevimli” telekanalining “Sevimli kun” dasturida muloqotda ishtirok etdi.