DEPUTAT VA MAHALLA ETTILIGI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputat L.Xakimova “Boybuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashib, mahalladagi bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, xususan aholi bandligini ta’minlash, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, mahallani obodonlashtirish, mahalla ayollari o‘rtasidagi mavjud muammolar, ko‘makka muhtoj kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish va boshqa muammolar bo‘yicha suhbatlashildi.
Shundan so‘ng muammosi bor fuqarolar bila uchrashuv o‘tkazildi uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va istaklar tinglandi. Har bir murojaat diqqat bilan qayd etildi va ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.