Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 3-Poshxurt saylov okrugi deputati, Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi va saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar murojaatlari eshitildi. Saylovchilarga huquqiy maslahatlar berildi.
Uchrashuv so‘nggida saylovchilar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi.