DEPUTATLARNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI
Sherobod tumani 4-Uch yog‘och - Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati K. Xashimova boshchiligida “Uch yog'och” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.
Ushbu uchrashuv davomida fuqarolarning qiynayotgan bir qator muammolari va takliflari tinglandi. Bir nechta ijtimoiy himoya muhtoj fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qolgan fuqarolarning taklif va muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.