Yosh avlodni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash davlatimiz siyosatida ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Ana shu ezgu maqsad sari qo‘yilgan navbatdagi qadamlardan biri Bek-to‘pi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich tashabbusi bilan mahallada 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yangi futbol maydoni qurildi.
Shu bilan birga mavjud bolalar maydonchasi to‘liq ta’mirlab berildi.