Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-39-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonining tumandagi ijrosi, 2023-yilda qabul qilingan yoqilg‘i-energiya resurslarini tejash dasturlari ijrosi hamda 2024-yilda Nurobod tumanida energiya tejash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash, tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning holati, uning sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun iste’molchilar kesimida suv olish limitlarini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada xalq vakillari tomonidan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, yakunda tuman Kengashining sohalar bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.