Uchinchi chaqiriq xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining yigirmanchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada tumanda 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan joriy yilning III-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarorining III-choragi davomida tumanidagi ijrosi, mahalliy byudjetning 2025-yilning uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha bajarilganlik holati hamda byudjet daromadlari bazasini oshirish boʻyicha tayyorgarlik ishlari, mahalliy byudjetining 2025-yil uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi hamda mahalliy byudjetining 2025-yilda shakllangan qoʻshimcha mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish masalalari yuzasidan hisobotlar tinglandi.