🔰Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon ” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. “Yashil makon” yashayotgan manzilimiz, mahallamiz, tumanimizni ko‘rkamlashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
🔰Toshkent viloyati hokimini viloyat aholisi va faollariga yo‘llagan murojaatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan bir qator samarali ishlar amal oshirilmoqda.
🔰Xususan, Chinoz tumanidagi “Obihayot” MFY da joylashgan 6-sonli maktab hududiga Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sh.Ergashov tashabbusi bilan 200 tup terak 20 tup mevali ko‘chatlar ekildi.
🔰Shuningdek “Obihayot” MFY va “Markaziy” MFY hududidagi yo‘l yoqalari va xonadonlariga 50 tupdan ortiq mevali ko‘chatlar o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati