Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish yuzasidan o'rganish
янв.21
“Oqoltin” va “Qo‘shqanot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganishlar
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
янв.21
Avazmalik mahallasida obodonchilik ishlari nazorat qilindi
янв.21
SHAHRISABZ TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar,suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘limida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi o‘rganildi.O‘rganish davomida bo‘lim boshlig‘i E. Islomov bilan hududda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish,bog‘dorchilikda shpaler tizimini keng joriy etish, kartoshkachilikni rivojlantirish, yer resurslaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni tatbiq etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.Shuningdek, deputat tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari soni, ularning qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, joriy yilda tashkil etilgan yangi dehqon xo‘jaliklari, ular foydalanayotgan yer maydonlari, davlat tomonidan ajratilgan subsidiya va imtiyozli kreditlar hamda boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining ijrosi yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.O‘rganish jarayonida sohada mavjud muammolar,ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.Deputatlik nazorati yakunida qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, dehqon xo‘jaliklari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, "Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida"gi Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 3