Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish yuzasidan o'rganish
янв.21
“Oqoltin” va “Qo‘shqanot” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganishlar
янв.21
Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish
янв.21
Haftalik ishlar dasturi belgilab olindi
янв.21
Tomorqa — daromad manbai: “Qumqishloq” tajribasi o‘rganilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va yoshlar yetakchisi: Tomorqa – daromad manbai
янв.21
Avazmalik mahallasida obodonchilik ishlari nazorat qilindi
янв.21
SHAHRISABZ TUMANI DEPUTATLIK NAZORATI: 2026-YIL 1-CHORAK SARHISOBI
янв.21
Nizoli oila yarashtirilib, mulkiy masalasi hal etildi
Kotib

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni keng joriy qilish, mahallalarda ehtiyojmand aholi qatlami bilan manzilli ishlashni tashkil etish va ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, mavjud resurslar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasida mahallalarda ko‘rgina ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alpomish” mahallasida ham bunday ishlar keng jamoatchilik hamkorligida amalga oshrilib kelinmoqda hamda kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalar kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olinganligi, kambag‘al oilalarning daromadini oshirish maqsadida ularni individual rejalar doirasida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan xizmatlar bilan to‘liq qamrab olish hamda kredit, ssuda yoki subsidiya kabi moliyaviy vositalar orqali qo‘llab-quvvatlagan holda Kambag‘al oilalar reestridan chiqarish choralari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. 

Suhbatda “Alpomish” mahallasi raisi uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali o‘z faoliyatini boshlashga ko‘mak berilayotganligini ma’lum qildi.

Ushbu uchrashuvda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3