Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kariyev Mansur Omongeldiyevich tomonidan O‘simliklar karantini va himoya agentligi Shovot tumani bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda tuman hududidagi markaziy va ichki ko‘chalar, shuningdek, istirohat bog‘lari va “Xotira maydoni”da daraxt hamda butalarda zararli hasharotlar ko‘payib ketgani, natijada yashil hududlarga zarar yetayotgani qayd etilgan. Mazkur muammo uzoq vaqtdan buyon saqlanib kelayotganiga qaramay, mas’ul tashkilotlar tomonidan yetarli choralar ko‘rilmayotgani ta’kidlangan.

Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotdan vaziyatni zudlik bilan o‘rganish, zararkunandalarga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan tartibda axborot taqdim etish so‘ralgan.