Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha seminar tashkil etildi

Aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha seminar tashkil etildi

Qamashi tumani hokimligida mahalla “yettiligi” a’zolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Unda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xurshid Usmonov hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi rahbari Faxriddin Muhammadiyev ishtirok etdi.

Seminar davomida aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali yordam ko‘rsatish tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni subsidiya va imtiyozli kreditlar orqali daromadli faoliyatga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Seminar savol-javob shaklida tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi. Qamashi tumanida ko‘plab xonadonlar tomorqadan unumli foydalanib, ijobiy natijalarga erishmoqda. Shu bilan birga, tomorqadan yetarli darajada foydalanmayotgan xonadonlarda ekin ishlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1