Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Fayziyev Shuxrat Xasanovich “Yangi Avayxon” mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qaroriga muvofiq, xotin-qizlar faoli bilan hududdagi yo‘nalish bo‘yicha muammolar muhokama qilinib, amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish natijalari asosida “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilishi yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.