Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi

Gʻallaorol tumanida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini oʻrganish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Qorajonov Moltop mahallasida boʻlib, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat:

Mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi;

Ularning bandligini taʼminlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni koʻrib chiqdi;

Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tashabbuslar va erishilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumot oldi.

Maʼlumot uchun: Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasining kun tartibida yoshlar masalasi o'rin olgan. 

Slide 1 of 2