📍 Shahrisabz tumani: Ehtiyojmand oilalar doimiy e’tiborda!
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Farida Yallaqodirova tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Alisher Sadullayev bilan birgalikda “Qumqishloq” MFYda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning yashash imkoniyatlarini o‘rganishdi.
Ma’lumot o‘rnida: I guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da mavjud oilalar xonadonida energiya tejamkorlik texnologiyalarini joriy etish maqsadida “Ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan:
🔹 Ko‘p qavatli yashovchi xonadonlar uchun — bazaviy hisoblash miqdori (412 000 so‘m)ning 75 baravari;
🔹 Yakka tartibdagi turar-joylar uchun — bazaviy hisoblash miqdori (412 000 so‘m)ning 150 baravarigacha mablag‘ ajratilishi belgilangan.