Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi tomonidan qat’iy deputatlik nazorati o‘rnatildi.
🛣 Mazkur vazifalar doirasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari mahallalarda bo‘lib, ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘llarning holatini ko‘zdan kechirishdi.
✅ Asosiy maqsad:
• Aholi murojaatlarini inobatga olgan holda yo‘llarni sozlash;
• Belgilangan ishlarning sifati va muddatini nazorat qilish;
• Har bir mahallada fuqarolar uchun qulay harakatlanish muhitini yaratish.
Xalq deputatlari tomonidan olib borilayotgan bu kabi o'rganishlar "Mahalla obod — yurt obod" g'oyasining amaldagi ifodasidir. Jarayonlar davom etmoqda.
telegram (https://t.me/Shahrisabzt_deputatlari) | facebook (https://www.facebook.com/shahrisabz.tuman.deputatlar)