Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar xonadonlarda: Tomorqa — daromad manbai

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputatlari S.Abdunazarova va N.Razzakova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Sa’dullayev ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. 🏠🌱

📍 O‘rganishlar davomida deputatlar aholi tomorqalaridan foydalanish holati va issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅ Asosiy maqsad:

• Yerdan unumli foydalanish madaniyatini oshirish;

• Issiqxonalardan olinayotgan daromadlarni tahlil qilish;

• Namuna ko‘rsatayotgan tomorqa egalari tajribasini ommalashtirish.

Darhaqiqat, har bir qarich yerdan oqilona foydalanish — oila farovonligi va bozorlarimiz to‘kinligiga xizmat qiladi. O‘rganishlar davomida o‘z tomorqasini gullatib qo‘ygan mehnatkash hamyurtlarimizning ishlari yuqori baholandi. 🤝✨

Slide 1 of 2