Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan hududda mehnat qilayotgan fidoyi chorvadorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan hududda mehnat qilayotgan fidoyi chorvadorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Jumladan, Nurobod tumanidagi “Tim Ag‘ron chorvadorlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni Z.Otamurodov qaramog'idagi qo‘ylarni qo‘zilatish mavsumini samarali tashkil etib, yuqori natijalarga erishgani uchun munosib rag‘batlantirildi.

Deputat tashabbusi bilan Z.Otamurodovga mehnatiga yarasha esdalik sovg‘asi sifatida televizor topshirildi.

Bunday e’tibor va rag‘bat chorvachilik sohasida mehnat qilayotgan fuqarolarni yanada ilhomlantirib, ularning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3