Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi asosiy mavzular:

- Prezidentimizning PQ-44-sonli qarori ijrosi doirasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida to‘plangan mablag‘larni eng zarur ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish masalasi tasdiqlandi.

- Tumanimizning kirish ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

- 2026-yil uchun alkogol mahsulotlari savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tegishli yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatildi.

Slide 1 of 9