Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Xususan, ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, bandlik va infratuzilmaga oid masalalar muhokama qilindi.
Deputat har bir murojaatni alohida o‘rganib chiqib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishini ta’kidladi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi, murakkab masalalar esa nazoratga olindi.