Mahallada aholiga ijtimoiy ko‘mak masalalari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
M.Salimova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirovlar tumandagi
Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan
ishlarni o‘rgandilar. Bunda asosiy e’tibor
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar holati, ularga ko‘rsatilayotgan
amaliy yordamlar, ijtimoiy xizmatlar sifatini ta’minlash va manzilli qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlariga qaratildi.
O‘rganishlar davomida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini
oshirish, yordamlarning manzilli va shaffofligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga
aniq taklif va amaliy tavsiyalar berildi.