Ijtimoiy adolat va shaffoflik amalda
Kuni kecha tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ro‘yxatiga kiritilgan 22 ta oilaga jami 1 mlrd 329 mln so‘m mablag‘ ajratish masalasi atroflicha o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida nimalarga e’tibor qaratildi?
Dastur talabiga ko‘ra, ushbu ko‘mak birinchi navbatda:
🔹 Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga;
🔹 1-guruh nogironligi bor shaxslarga;
🔹 Oilada mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan xonadonlarga berilishi belgilangan.
✅ Natijalar:
“Xazara”, “Polmon”, “Toshbuloq” va “G‘elon” mahallalaridagi ehtiyojmand oilalar barcha talablarga to‘liq javob berishi tasdiqlandi.
⚠️ Lekin...
O‘rganishlar davomida “Xitoy”, “Achchig’i” hamda “Xo’jaxuroson” mahallalarida ro‘yxatga olingan ayrim oilalar mazkur mezonlarga mos kelmasligi (nogironlik darajasi 2-guruh ekanligi), shuningdek mahalla hisobidan bepul 5 kvt quyosh panellari o‘rnatib berilganlik holatlari aniqlandi.