Fuqarolar qabuli tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
deputati M.Salimova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri
R.Nodirovlar tomonidan Quva tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli tashkil
etildi. Qabulda tuman davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirok
etishdi.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalar, jumladan,
ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilmani yaxshilash hamda
boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlari tinglandi va har bir murojaat
atroflicha o‘rganilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli
chora-tadbirlar belgilab olindi.