Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
UCHQUDUQ STELLASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

UCHQUDUQ STELLASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Kamolova tomonidan tashabbusli budjet jarayonlarining 2026-yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha doirasida Uchquduq stellasi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi, bajarilgan ishlar holati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish jarayonining belgilangan talablar asosida olib borilishi, ishlarning sifati va loyiha doirasida nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishiga e’tibor qaratildi.

📌 Tashabbusli budjet loyihalari fuqarolarning taklif va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, Uchquduq stellasi hududida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasidagi ishlarning borishini muntazam o‘rganib borish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning o‘z vaqtida hal etilishiga ko‘maklashish muhim hisoblanadi.

✅ O‘rganishdan asosiy maqsad — tashabbusli budjet doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalarning amaliy ijrosini kuzatib borish, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining sifatiga e’tibor qaratish hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 1