Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Mahalla faollari bilan uchrashuv: obodonlashtirish va hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Mahallalarda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hududlarni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etishda mahalla faollari va deputatlar hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengash deputati S.Xodjayeva 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayevning deputatlik okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida mahalla faollarining kundalik faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi vazifalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. Shuningdek, mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududni yanada obod qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, deputatlar tomonidan mahalla hududida obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarida tozalikni saqlash, sanitariya holatiga e’tibor qaratish, chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish hamda hududning ozodaligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mahalla faollariga hududdagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, aholini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Zero, mahallaning obodligi, avvalo, unda yashovchi fuqarolarning faolligi, tashabbuskorligi va o‘z hududiga bo‘lgan daxldorlik hissi bilan chambarchas bog‘liq.

Uchrashuv yakunida mahallada tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud muammolarni hamkorlikda hal etish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — mahallalar ravnaqi va aholi manfaatlari yo‘lida!

Slide 1 of 1