Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
“Chegara” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish hamda aholining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, joylarda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etish, ularning taklif va muammolarini bevosita o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 5-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati I.Tangirov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Chegara” mahallasida bo‘lib, fuqarolari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mahalla fuqarolari o‘zlarini qiynayotgan muammolar, mavjud masalalar va takliflarini bildirdi. Xususan, uy-joylarni ta’mirlash hamda qurilish ishlarining sifatini ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar, kredit mablag‘larini ajratish va tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Deputat I.Tangirov tomonidan har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning fikr va mulohazalari atroflicha tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari doirasida huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etishning qonuniy tartib-taomillari haqida zarur tavsiyalar taqdim etildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini aniqlash hamda tegishli masalalar bo‘yicha vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish tartiblariga e’tibor qaratildi.

Bunday ochiq muloqotlar deputatning saylovchilar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirish, aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning qonuniy yechimini topishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.