Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
MUSTAQILLIK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

MUSTAQILLIK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Mustaqillik mahallasida hokim yordamchisi faoliyati “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aholi muammolari va murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4