Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili

🔰#munosabat

🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi Baqitjan Sag‘intayev bilan uchrashuvi mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🏦Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, savdo hajmini oshirish, transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish hamda tadbirkorlar uchun yangi bozorlarni ochish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi.

🏦Bunday muloqotlar, eng avvalo, milliy ishlab chiqaruvchilarimiz, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatlidir. Hududlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda xalqaro hamkorlikning o‘rni katta.

🏦Ishonamanki, o‘zaro manfaatli aloqalarning rivojlanishi hududlarimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini yuksaltirishga ham munosib hissa qo‘shadi.

Jamshid Xudoyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt