Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining 16-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati K.Sharipov tomonidan davlat ahamiyatidagi D048 — “Jizzax shahri – Bog‘don shahri – Qizilcha qishlog‘i – D191” avtomobil yo‘lida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida yo‘lning asfalt qoplamasini yotqizish jarayoni va ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.