Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar muammolari o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Saylovchilarga axborot berildi
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputatlari Isomxonova Gulnora va Asqarova Nigora tomonidan Madaniyat mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Sessiya oldidan o'rganishlar olib borilmoqda
янв.21
XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Ziyokor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi
Aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida amalga oshirilayotgan transformatorning ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi.

🔵O‘rganish davomida elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash, aholi iste’molchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish va elektr tarmoqlarida ortiqcha yuklama yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar holatiga e’tibor qaratildi.

🔵Xususan, kuz-qish mavsumida aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida transformatorni ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashini yaxshilash, mavjud yuklamalarni me’yorlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

🔵O‘rganish natijasida aholi uchun elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklamalarning oldini olish va ularni kamaytirishga qaratilgan choralar ko‘rilayotgani qayd etildi. Amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minotining barqarorligi yaxshilanishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati oshishi kutilmoqda.

Slide 1 of 1